1 мл спрей қуйидагиларни сақлайди фаол модда: Бензидамин гидрохлориди 1,5 мг; ёрдамчи моддалар: глицерол, 96% ли этанол; сахарин; натрий гидрокарбонати; метилпарагидроксибензоат; қалампир ялпиз баргларининг мойи; полисорбат 20; тозаланган сув.
Rinomaks® INGO dan doimo shifokor tavsiyasiga amal qilgan holda qo‘llang. Agar biror narsaga ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Mahalliy qo‘llanadi.
Kattalarga (shu jumladan keksa yoshli patsiyentlarga) va 12 yoshdan katta bolalarga kuniga 2-6 marta 4-6 sepishdan buyuriladi.
Bolalarga (3-6 yoshli) 1 sepishdan bolaning har 4 kg tana massasiga buyuriladi, maksimal doza – kuniga 2-6 marta 4 sepishdan buyuriladi.
Bolalarga (6-12 yoshli) kuniga 2-6 marta 4 sepishdan buyuriladi.
Tavsiya qilingan dozadan oshirmang.
Benzidamin nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat hisoblanib indazol guruhiga tegishli. Yallig‘lanishga qarshi va mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta’sirga mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi antiseptik ta’sirga ega. Preparatning ta’sir mexanizmi xujayralar membranalarining turg‘unligi va prostaglandinlarni sintezini ingibitsiya qilish bilan bog‘liq.
Benzidiamin xujayralarning strukturasini shikastlanishi, metabolik jarayonlarni va lizosoma xujayralarini buzilishi bilan mikroorganizmlarni membranalar orqali tez o‘tishi hisobiga bakteriyalarga qarshi va spetsifik mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Candida albicans nisbatan mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Zamburug‘larning xujayra devorini va ularni metabolik zanjirlarni strukturali modifikatsiyasini chaqiradi va shunday qilib ularni reproduksiyasiga to‘sqinlik qiladi, bu og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish, shu jumladan infeksion etiologiyali jarayonlarida benzidaminni qo‘llashiga asos bo‘ladi.
Qo‘zg‘aluvchanlik va yallig‘lanish holatlarini, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘ining va tomoqning og‘riqli sindromini simptomatik davolash (masalan glossit, stomatit, faringit), va shuningdek tishlarni olib tashlash yoki konservativ davolashdan keyin qo‘llanadi.
Har qanday dori preparatlari kabi Rinomaks® INGO ham nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, biroq ular hammada ham bo‘lmaydi.
MedDRA tasnifiga muvofiq noxush reaksiyalar tez-tezligi quyidagida keltirilgan:
juda tez-tez (≥1/10);
tez-tez (≥1/100, <1/10);
tez-tez emas (≥1/1000, <1/100);
kam hollarda (≥1/10000, <1/1000);
juda kam hollarda (<1/10000);
noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha paydo bo‘lish tez-tezligini baholash imkoniyati yo‘q).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: teri toshmasi, juda kam hollarda: angionevrotik shish.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda: laringospazm.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: fotosensibilizatsiya, og‘iz qurishi, og‘iz bo‘shlig‘ida uvishib qolish hissi, og‘iz bo‘shlig‘ini achishish.
Ta’sir etuvchi (benzidamid gidroxloridi) yoki biron-bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparat allergik reaksiya chaqirishi mumkin bo‘lgan metilparagidroksibenzoat saqlaydi.
Sport bilan shug‘ullanadigan patsiyentlar uchun: etil spirti saqlovchi dori preparatni qo‘llanishi ayrim sport federatsiyalari tomonidan tasdiqlangan qonda alkogolni saqlanish chegarasiga muvofiq doping sinamasi musbat natija berishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda benzidaminni qo‘lash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yetarli emas. Dori homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri.
Preparat transport vositalarni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.